Biznes hamjamiyatni tashvishga solayotgan muammolar Prezident bilan ochiq muhokama qilindi
Biznes hamjamiyatni tashvishga solayotgan muammolar Prezident bilan ochiq muhokama qilindi
Jamiyat
2024-08-22
Kuni kecha Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz tadbirkorlari bilan yuzma-yuz uchrashuvi davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida tashkil etildi.
Tadbirda yurtimiz biznes hamjamiyatini tashvishga solayotgan masalalar muhokama qilindi. Xususan, ko‘chmas mulk buzilishi bo‘yicha kompensatsiya to‘lashda haligacha muammolar borligi qayd etildi.
Hozirda ushbu xarajatlar hududlar byudjetlari hisobidan qoplanyapti. Lekin ayrim viloyatlar byudjetida mablag‘ kam qolayotgani uchun tadbirkorning pulini qoplab berish 5-6 yilga cho‘zilib ketmoqda.
Endilikda yer savdosidan tushgan mablag‘lar avvalo buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga qaratiladi.


