"Barselona" korrupsiyada ayblanmoqda

"Barselona" korrupsiyada ayblanmoqda

The Telegraph gazetasining xabar berishicha, klub o'z faoliyatini to'xtatishi mumkin

Dunyo

2023-09-29

28 sentyabrda Kataloniyaning "Barselona" klubiga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi sudyalari texnik qo'mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Negreyra ishi bo'yicha pora berganlikda rasmiy ayblov qo'yildi.

The Telegraph xabariga ko'ra, ish "Barselona" ning dunyo futbol xaritasidan g'oyib bo'lishigacha yetib borishi mumkin.

"Agar jinoyatchilar aybdor deb topilsa, uch yildan olti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. "Barselona" ning o'zi professional futbol klubi sifatida faoliyatdan chetlatilishi mumkin, bu esa katta ehtimol bilan 124 yoshli klubning bankrot bo'lishiga olib keladi", - deyiladi materialda.

Yil boshida "Barselona" Negreyraga 7,3 million yevro to'lagani ma'lum bo'lgandi. Kataloniya klubi o'z aybini rad etib, klubning sobiq rahbarlari Jozep Bartomeu va Sandro Roselni korrupsiya va to'lovlarda ayblab sudga bergandi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.