Ayrim do‘konlar HUMO kartalarini "ishlamayabti" deb qabul qilishdan bosh tortishmoqda

Ayrim do‘konlar HUMO kartalarini "ishlamayabti" deb qabul qilishdan bosh tortishmoqda

Kompaniya bu muammo terminallarga ta’sir qilmaganini aytib, do‘kon ustidan shikoyat qilishni so‘radi

Dunyo

2023-10-07

789

So‘nggi kunlarda HUMO kartasidan foydalanuvchilarning ayrimlari mobil ilovalarida to‘lov va p2p o‘tkazmalarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch keldi.

Kompaniya xabar berishicha, u Markaziy bankni vaziyatdan xabardor qilib, hodisa sabablarini aniqlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

"Biroq, ayrim savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida terminal egalari tomonidan go‘yoki "HUMO to‘lov tizimi bir necha kundan buyon ishlamayotganini" ro‘kach qilib, xaridorlardan to‘lov uchun HUMO kartasini qabul qilishni rad etish holatlari uchramoqda," - deyiladi xabarda.

Kompaniya aytishicha, HUMO kartalaridagi muammollar faqatgina bank va to‘lov ilovalarida kuzatilgan bo‘lib, terminallar va bankomatlardai amaliyotlarga ta’sir qilmagan.

Agar shunday rad etish holatlari kuzatilsa,  Davlat soliq xizmatining 71 2023282 yoki 1198 raqamlaridagi ishonch telefoniga, shuningdek MBPMning 71 2000888 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.