Avgust oyi hisobotlari e'lon qilinadimi?

Avgust oyi hisobotlari e'lon qilinadimi?

Dunyo

2023-10-04

Rasmiy veb-saytda statistik ma'lumotlarni e'lon qilish taqvimiga ko‘ra Markaziy Bank avgust oyi xisobotlarini taqdim etish zarur edi.

Oktyabr oyining to‘rtinchi kuni o‘tayotganiga qaramay bu ma'lumotlar e'lon qilinmadi. Iqtisodchi Otabek Bakirov bu holatga e'tibor qaratdi.

Avgust oyi hisobotlari e'lon qilinadimi?

Bu savolga Markaziy bank rasmiy bayonotidan aniq javob olish qiyin.

Aytilishicha, Axborot bazasi ma'lumotlarini tahlil qilish va umumlashtirish maqsadida o‘rnatilgan biznes-tahlil tizimi (BI) asosida yig‘ma ma'lumotlarning avtomatik ravishda shakllantirish mo‘ljallanmoqda. Tizim ishga tushirilishi munosabati bilan avgust oyi yakunlari bo‘yicha bank tizimi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari e'lon qilinmagan.

Paradoks shundaki, yangi tizim ishga tushgan bo‘lsa, avgust oyi yakunlari bo‘yicha bank tizimi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari kechiktirilishi emas, tezroq e'lon qilinishi kerak emasmidi?

Qolaversa, avgust oyi yakunlari bo‘yicha regulyator banklardan "hisobot topshirish" formatida ma'lumotlarni qabul qilib bo‘lganku. Nega "eski" tartibda olingan ma'lumotlar asosida bank tizimi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini e'lon qilib turish mumkinmas?

Yanayam g‘alati tarafi shuki, sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha ham tijorat banklari tegishli hisobotlarni regulyatorga "eski" tartibda taqdim etishda davom etishmoqda.

Shunday tasavvur paydo bo‘lmoqdaki, yangi davrda banklar, biznes va iste'molchilar uchun ishonch ko‘prigi rolini o‘tagan kommunikasiya siyosatidan Markaziy bank voz kechmoqchidek.


Otabek Bakirov

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.