AQSH vizasini konsul bilan suhbatdan o‘tmasdan yangilash mumkin

AQSH vizasini konsul bilan suhbatdan o‘tmasdan yangilash mumkin

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bundagi qo‘yiladigan talablar va yo‘riqnoma haqida ma’lumot berdi

Dunyo

2023-10-06

621

AQSHning immigratsiya qonunchiligiga muvofiq, ayrim noimmigratsion vizaga murojaat etuvchilar o‘z vizalarini konsul bilan suhbatdan o‘tmasdan yangilashlari mumkin, deb xabar beriladi. Bunday imkoniyatga ega bo‘lish uchun murojaatchilar, quyidagi talablarga javob berishlari lozim.

Quyidagi shaxslar talablarga javob beradi:

O‘zbekiston rezidentlari, fuqaroliklaridan qat’iy nazar, hali ham yaroqli yoxud tugagan muddati 48 oydan oshmagan vizasi bilan huddi shu turdagi vizaga murojaat etishlari mumkin.

Quyidagi shaxslar talablarga javob bermaydi:

- Qayerda yashashlaridan qat’iy nazar, avvalgi vizalari O‘zbekiston xududidan tashqarida berilgan bo‘lsa.
- Ohirgi viza murojaat bo‘yicha rad javobi olingan bo‘lsa.
- Murojaatchining hozirdagi yoki oldin olgan vizalarida “clearance received” annotatsiyasi qayd etilgan bo‘lsa.
- “Yozgi ta’tildagi ish va sayohat” (Summer Work and Travel) dasturi ishtirokchilari.
- Agar F, M, va J viza turlari bo‘yicha viza olgan murojaatchilarning SEVISi, o‘quv dasturi va o‘qish joyi o‘zgargan bo‘lsa.
- Ohirgi safar viza olgandan so‘ng murojaatchi 14 yoshga to‘lgan bo‘lsa.

Agar ushbu talablarga javob berilsa, quyidagilarni bajarish lozim bo‘ladi:

- DS-160 elektron anketasini shu yerda to‘ldiring.
- DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasi, avvalgi AQSH vizasining nusxasi va hozirgi pasportingizning nusxasini biriktirib, ConsularTashkent@state.gov elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
- Agar siz suhbatsiz vizani yangilash talablariga javob bersangiz, AQSH elchixonasi sizga elektron manzil orqali, siz hujjatlar topshirish uchun tashrif buyuradigan sanani ma’lum qiladi.
- Belgilangan vaqtda talab etiladigan xujjatlar bilan AQSH elchixonasiga tashrif buyuring.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.