AQSh davlat qarzi yana yarim trillion dollarga oshdi

AQSh davlat qarzi yana yarim trillion dollarga oshdi

Iqtisodiyot

2023-10-11

875

Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabar berdi.

AQSh G'aznachiligi: Qo'shma Shtatlarning davlat qarzi yana 500 milliard dollarga o'sdi.

AQShning davlat qarzi bir oydan kamroq vaqt ichida 500 milliard dollarga o'sib, 33 trillion dollarlik tarixiy eng yuqori ko'rsatkichga yetdi.

AQShning davlat qarzi hozirda 33,5 trillion dollarga baholanmoqda.

Sentyabr oyi o‘rtalarida G‘aznachilik AQSh davlat qarzi 33,04 trillion dollarga yetgani haqida ma’lumot e’lon qilgan edi. Qayd etilishicha, davlat qarzi mamlakat tarixida birinchi marta 33 trillion dollardan oshdi.


Bir fuqaroga to'g'ri keluvchi davlat qarzi miqdori

Bir necha kun oldin Federal rezerv tizimining inflyatsiyani pasaytirishga urinishlari faqat AQSh davlat qarz bozorining qulashiga va byudjet taqchilligining rekord darajada oshishiga olib kelgani xabar qilingan edi.


AQShning eng yirik qarz beruvchilari

Oktyabr oyi boshida The Wall Street Journal uzoq muddatli foiz stavkalarining 16 yillik eng yuqori darajaga ko'tarilishi, ayniqsa, bu sakrashning noaniq sabablari, AQSh iqtisodiyoti uchun "yumshoq qo'nish" umidlariga tahdid solayotganini yozgan edi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.