Andijonda xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan zapravka gaz ta’minotidan uzildi

Andijonda xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan zapravka gaz ta’minotidan uzildi

Andijon viloyati Asaka tumanida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan zapravka gaz taʼminotidan ajratildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Jamiyat

2024-05-03

545

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Asaka tumanida joylashgan “A.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologiya jarayonlarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish jarayonida AGTKSHlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan.


Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSH tabiiy gaz taʼminotidan ajratilgan.

Bundan oldin Bosh prokuratura Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi metan zapravkada bir oyda 1,8 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar berilgandi. 

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.