Andijonda Suriyadagi terroristik guruhlarga qo'shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda Suriyadagi terroristik guruhlarga qo'shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

E’tibor tortmaslik uchun, Turkiyaga "ishlash" uchun borib, u yerdan Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lishgan

Jinoyat

2023-10-19

567

"Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishlarining oldi olindi", deb xabar berilmoqda.

Aniqlanishicha, ular hozirda jangarilar safida bo‘lgan “Abu Saloh”, “Abu Valid” va “Ayub” laqabli shaxslarning internet tarmog‘ida yoshlarni terroristik guruhlarga qo‘shilishga chorlovchi da’vatlari ta’siriga tushishgan.

Oila a’zolarining qarshiligiga qaramasdan, ular Suriyaga ketishni maqsad qilishgan.

Boshqalarning e’tiborini tortmaslik maqsadida, ular xorijda migrantlarni ish bilan ta’minlovchi xususiy bandlik firmasi orqali Turkiya davlatiga borib, so‘ngra Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lishgan.

Hozirda mazkur 3 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.