Andijonda 4 gektarli yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda

Andijonda 4 gektarli yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda

Loyiha xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi

Iqtisodiyot

2024-01-17

852

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoylik investorlarni qabul qildi, deb xabar berdi viloyat matbuot xizmati.

Uchrashuvda turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hususan, maydoni 4 gektarli yopiq muz kurortini qurish loyihasi muhokama qilindi. 

Loyihada bo‘yicha, mazkur kurortda 500 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyatlari mavjud bo‘ladi. 

Bundan tashqari, loyiha 365 kun 24 soat mobaynida ishlash quvvatiga mo‘ljallangan holda ishlab chiqilgan.

Majmuaning umumiy qiymati 12 mln dollarni tashkil etishi aytilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun qulay joy sifatida Xonobod shahri taklif etilgan.


Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.