Andijon poyezdida turk sayyohi "VIP"ga o‘tish uchun "provodnikka" pul bergani haqida xabarlar tarqalgandi

Andijon poyezdida turk sayyohi "VIP"ga o‘tish uchun "provodnikka" pul bergani haqida xabarlar tarqalgandi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bu haqida rasmiy munosabat bildirdi

Dunyo

2023-10-19

496

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon yo‘lovchi poyezdida turk sayyohi vagon kuzatuvchisiga pul berib, yuqori toifadagi vagonga o‘tgani aytilgan video tarqalgandi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabar berishicha, videoda kerakli ma’lumotlar (qaysi kun, qaysi poyezd, qaysi vagon) aks etmagan.

Shu sababli, holat o‘z isbotini topmagan va aybdor xodimni aniqlashning imkoniyati bo‘lmagan.

Bundan oldin ham shunga o‘xshash voqea yuz bergandi.

6 iyul kuni niderlandiyalik bloger “Afrosiyob” elektropoyezdida vagon xodimiga pul berib, “ekonom” toifadagi o‘rnini “vip” toifaga o‘zgartirganligi bo‘yicha video tarqalgandi. Ushbu holat tekshirilib, aybdor xodim lavozimidan ozod etilgandi.

Biroq oktyabr oyida ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda qayta tarqatildi va keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

"OAVlarda tarqatilayotgan har bir ma’lumot, fuqarolarimizning va yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarimizning mamlakatimiz temir yo‘llari haqida salbiy tasavvurlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shu bois, "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ rahbariyati sizlardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan isbotlanmagan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘raydi," - deyiladi bayonotda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.