Akademik Tamaraxon Oripova Rossiya ilmiy markazi mukofotiga sazovor bo’ldi
Jamiyat
2023-10-26
Taqdirlash marosimi kam uchraydigan kasalliklarni davolash va tashxislash bo’yicha “Chegara bilmas hamdo‘stlik” ikkinchi Yevroosiyo forumi doirasida bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Odam immunologiyasi va genomikasi instituti direktori Tamaraxon Oripova Moskva davlat ilmiy markazining “Tibbiy genetika rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” oltin medali bilan taqdirlandi.
Akademik Tamaraxon Oripova 380 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 14 monografiya, 12 patent, 2 xalqaro va 3 respublika mualliflik guvohnomasi, 50 ta uslubiy tavsiyanomalar chop etgan.
12 nafar fan doktori va 14 nafar fan nomzodi tayyorlagan.
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya, Qirgʻiziston olimlari bilan birgalikda Oʻrta Osiyo va Kavkazorti xalqlarining populyatsion-genetik tadqiqotlari oʻtkazib, 20 dan ortiq etnik guruhlar oʻrganilgan, barcha Oʻrta Osiyo populyatsiyalarni o’z ichiga oluvchi 4000 dan ortiq namunalardan DNK banki yaratilgan.


