65% maktab o'qituvchisi o'z maoshidan norozi
Rasul Kusherbayev ijtimoiy tarmoqlarda o'qituvchilar maoshi haqida so'rovnoma o'tkazdi
Munosabat
2023-10-24
452M
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev o'z telegram kanalida anonim so'rovnoma o'tkazdi.
Unda "Sizning maoshingiz bir oylik ehtiyojlaringizni qondirishga yetarlimi?" deb savol berilgan.
Norasmiy so‘rovnomada jami 22408 nafar foydalanuvchi ovoz bergan.
Ularning 65% (14654 nafar) o‘qituvchining maoshi oylik ehtiyojlariga yetmasligini bildirgan. 9 foizigina (1926 nafar) maoshi oylik ehtiyojlariga yetishini qayd etgan.
Ovoz berganlarning 26 foizi o‘qituvchi emas.
"Byudjet taqsimotida amalda samara bermayotgan soha va tarmoqlarni inventarizatsiya qilib, o‘qituvchilarga yetarli maosh uchun yo‘naltirish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish vaqti kelgandir balki," - deydi Kusherbayev so'rovnoma xulosasida.


