2 yil ichida o'n minglab immigrantlar Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga harakat qilishgan
2 yil ichida o'n minglab immigrantlar Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga harakat qilishgan
Hibsga olinganlarning 13 mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolari
Jamiyat
2023-10-14
478
Xabar qilinishicha, 2021-yil oktyabrdan 2023-yil oktyabrgacha AQSh chegarasini noqonuniy kesib o'tishga uringan 13 mingdan ortiq O'zbekiston fuqarolari hibsga olingan.
Ikki yil davomida o'n minglab fuqarolar Meksika orqali Qo'shma Shtatlarga noqonuniy kirishga harakat qilishdi va hukumat ularni "alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar" (special interest aliens) deb tasnifladi.
Bunday shaxslar terrorizm bilan aloqador yoki aloqasi bo‘lishi ehtimoli bor yo‘nalishlar orqali mamlakatga kirib kelgani sababli AQSH xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘riladi.
Ulardan 30 ming 830 nafari Turkiya, 15 ming 594 nafari Mavritaniya, 13 ming 624 nafari O‘zbekiston, 6 ming 386 nafari Afg‘oniston, 3 ming 153 nafari Misr, 1 ming 613 nafari Pokiston fuqarolari. Chegarada qo‘lga olinganlar orasida Eron (659), Suriya (538), Iordaniya (185), Livan (164), Yaman (139) va Iroq (123) fuqarolari ham bor.
Hibsga olinganlarning qanchasi AQShdan deportatsiya qilingani yoki immigratsiya sudining sanasi belgilanganidan keyin mamlakatga ruxsat berilgani noma'lum.


