10 va 11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda chuqurlashtirib o‘qitiladigan tanlov fanlari belgilandi

10 va 11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda chuqurlashtirib o‘qitiladigan tanlov fanlari belgilandi

Keyingi o‘quv yilidan o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yo‘nalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan

Jamiyat

2023-10-19

479

Maktablarning 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi. Ushbu fanlar o‘quvchilarga chuqurlashtirib o‘qitiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

Yo‘nalishlar quyidagicha:

  • matematika-fizika;

  • ona tili-chet tili;

  • kimyo-biologiya;

  • matematika-chet tili.

Hozir matematika-fizika yo‘nalishida 16 ta, ona tili-chet tili yo‘nalishida 51 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 40 ta, matematika-chet tili yo‘nalishda 30 ta sinfda o‘quvchilar ta’lim olmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik xabar berishicha, 2024-2025-o‘quv yilidan o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yo‘nalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.