10 ming qadam yurib velosiped yutib olish imkoni
Ekologiya vazirligi "Avtomobilsiz kun" tanlovini e'lon qilmoqda
Ekologiya
2023-10-10
517
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan tanlov o'tkazmoqda.
Quyida tanlov shartlari keltirilgan:
1. Ishtirokchilar 22-sentabrdan 22-oktabrgacha kamida 10 ming qadam yurishlari va buni Strava ilovasida yoki boshqa muqobil ilovada yozib olishlari, shuningdek, yurishni suratga yoki videoga olishlari kerak bo'ladi.
2. So'ng, instagramda vazirlikning rasmiy sahifasini belgilab, #menavtomobilsizman #ябезавтомобиля xeshteglari bilan o'z sahifalarida erishgan natijalarini va foto/videoni ulashishlari kerak bo'ladi. Vazirlik rasmiy sahifasiga obuna bo'lish ham lozim.
Shuningdek, ishtirokchilarning sog'lom turmush tarzi va piyoda sayohatlari haqidagi fikrlari ham inobatga olinadi.
Tanlovga arizalar 22-oktabrga qadar qabul qilinadi. G‘olib 23-oktabr kuni generator yordamida aniqlanishi aytilgan.


