"Yo'lovchilar soni o'tgan yilga nisbatan mutannosib ravishda kuniga 200 mingdan oshdi," - Toshkent metropoliteni DUK
"Yo'lovchilar soni o'tgan yilga nisbatan mutannosib ravishda kuniga 200 mingdan oshdi," - Toshkent metropoliteni DUK
Toshkent metropoliteni so'nggi paytlarda poyezdlar kechikayotgani haqida rasmiy munosabat bildirdi
Jamiyat
2023-10-11
698
Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda bir kunda o‘rtacha 690-700 ming kishi metrodan foydalanishmoqda.
Ayniqsa, 20-sentabrdan boshlab 10 ballik avtomashina tiqilinchligi hisobiga avtobuslardagi yo‘lovchilarning bir qismi metrodan foydalanishni boshlashgan.
Metro vagonlariga belgilangan yo'lovchilarning soni 2 barobarga ko'payishi vagonlarga normadan ortiq yuklama tushirmoqda, shu bois poyezdlar tez-tez buzilmoqda.
"Shu bilan birga, yo‘lovchilar tomonidan metropolitendan foydalanish qoidalariga rioya qilinmayotganligi ya’ni, harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turib qolish, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanish hamda poyezdning bosh va so‘ngi vagonlari bilan bir qatorda o‘rta vagonlaridan teng foydalanmayotganliklari asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda," - deyiladi murojaatda.
Shuningdek, vagonlarda shaxsiy buyumlar qoldirib ketish holatlari ko'paymoqda (so'nggi haftada 9 ta holat). Bunda tekshirish maqsadida, yo‘nalishdagi poyezdni harakati yo‘nalishidan olinadi va harakat intervalini uzayishiga olib keladi.
Shu bois, yo'lovchilarga qulaylik maqsadida, 6ta poyezd 5ta vagondan iborat holda harakatlanmoqda. Yilning oxiriga qadar ularning soni 13 taga yetkazilishi aytilmoqda.
Shuningdek, yilning so'nggigacha 56 ta va 2024-yil davomida yana qo‘shimcha 104 dona zamonaviy metro vagonlarini harid qilish rejalashtirilgan. Buning natijasida, poyezdlar oraliq intervali qisqarishiga erishiladi.
"Shularni hisobga olib, hurmatli yo‘lovchilarimizdan tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlariga chiqmasdan, keyingi bo‘shroq metro vagonlarga chiqishlarini so‘raymiz," - deb murojaat qiladi korxona matbuot xizmati.


