Yevropa Ittifoqi hududida TikTok bloklanishi mumkin

Yevropa Ittifoqi hududida TikTok bloklanishi mumkin

Yevropa Ittifoqi hududida TikTok bloklanishi mumkin. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga tayanib, Politico xabar berdi.

Dunyo

2024-04-30

758

Lyayenning taʼkidlashicha, Yevropa Komissiyasi xodimlariga ish telefonlariga TikTok o‘rnatishni taqiqlagan dunyodagi birinchi tashkilot bo‘ldi. O‘tgan hafta Yevropa Komissiyasining navbatdagi ogohlantirishidan so‘ng TikTok foydalanuvchilarni mukofotlash dasturini to‘xtatdi. Yevrokomissiya mukofotlash bolalarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, giyohvandlik va qaramlikni keltirib chiqarishi mumkinligidan shubhalanadi.

17-aprel kuni Yevrokomissiya TikTokdan TikTok Lite uchun xavflarni baholash hisobotini talab qilgan. Kompaniya regulyatorga hujjatlarni taqdim etmagan. TikTok 24 soat ichida xavfni baholash hisobotini taqdim etishi va 3-maygacha boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni topshirishi kerak. Aks holda, Yevrokomissiya jarima solishi yoki Yevropa Ittifoqida TikTok Lite mukofotlari dasturini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.


Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston va Rossiyada ham TikTok bloklanishi mumkin. Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kontentlar soni ortib boryotganini bunga sabab qilib ko‘rsatgan. Rossiya esa mahalliy ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida shunday qaror qabul qilmoqchi.

TikTok 2022-yilning mart oyida “Rossiya armiyasi haqida soxta xabar tarqatganlik” uchun jinoiy javobgarlik joriy qilinganidan keyin Rossiyada o‘z faoliyatini cheklagandi. O‘shandan beri rossiyalik foydalanuvchilar yangi kontentni jonli efirga uzatish, joylash yoki ko‘rish imkoniga ega emas.Qirg‘iziston esa TikTok allaqachon bloklangan. Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati aloqa operatorlariga TikTok xizmatiga kirishni cheklash choralarini ko‘rish zarurligi to‘g‘risida xat yuborgan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.