Xanchjoudagi IV Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi

Xanchjoudagi IV Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi

O‘zbekiston delegatsiyasi 79 ta medal bilan 8-o‘rinni egalladi

Dunyo

2023-10-29

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarini O‘zbekiston terma jamoasi 79 ta medal bilan yakunladi.

Jamoa umumiy hisobda 8-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa yetakchi bo‘ldi.

So‘nggi kun sovrindorlari:

Oltin medal:

Musobaqaning so‘nggi kunida para akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarda Xolmurod Egamberdiyev barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Kumush medal:

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha aralash juftlik bahslarida Otabek Qo‘chqorov va Gulchiroy Esanboyeva juftligi kumush medalga ega chiqdi.

Bronza medal:

Musobaqaning so‘nggi kunida Yoqutxon Xolbekova para yengil atletikaning 400 metrga yugurish bahslarida bronza medal oldi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ishtirok etgan Muxayyo Abdusattorova yakunda 3-o‘rinni egalladi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘rt kishilik qayiqda o‘tkazilgan bahslar: O‘zbekiston vakillari bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Jamoaga navbatdagi bronza medalni para yengil atletikachi Madina Muxtorova keltirdi. U disk uloqtirish bahslarida 19.55 metr natija qayd etdi.

Musobaqadagi o‘zbekistonliklarning ishtirokini Asila Mirzayorova yana bir bronza medal olib yakunlab berdi. Para atlet 400 metrga yugurish bahslarida 1:01:37 daqiqa natijani qayd etdi. Bu uning musobaqadagi 3-medali bo‘ldi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.