XAMAS, agar Isroil bombardimon qilishni to'xtatsa, mahbuslarni ozod qilishga rozi bo'ldi

XAMAS, agar Isroil bombardimon qilishni to'xtatsa, mahbuslarni ozod qilishga rozi bo'ldi

Qatar va AQSh garovga olinganlarni ozod qilish bo'yicha XAMAS bilan muzokara olib bormoqda

Dunyo

2023-10-15

841

Qatar va AQSh diplomatlari XAMAS vakillari bilan Isroil hududida G‘azo sektori bilan chegarada garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi Financial Times.

Maʼlumotlarga koʻra, kelishuvga deyarli erishilgan, ammo uni amalga oshirish uchun Isroil Falastin anklavini bombardimon qilishni vaqtincha toʻxtatishi kerak.

"Optimistik uchrashuvlar bo'lib o'tdi va XAMAS harakati garovga olingan fuqarolarni ozod qilishga tayyor ko'rinadi, ammo bombardimon davom etar ekan, buni qila olmasligini aytmoqda", — deyiladi manbada.

Aniqlik kiritilishicha, XAMAS vakillari mahbuslarni xavfsiz olib chiqishlari uchun G‘azoni o‘qqa tutishni hech bo‘lmaganda qisqa muddatga to‘xtatishni talab qilmoqda.

Avvalroq XAMAS vakillari Isroil tomonidan G‘azo sektorini o‘qqa tutishi chog‘ida garovga olinganlarning ko‘pchiligi yaralangani va kamida 22 tasi halok bo'lganini ma’lum qilgan edi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.