Va nihoyat G‘azoga gumanitar yordam yuklangan birinchi yuk mashinalari kirib keldi
Biroq 20 ta yuk mashinasi chegarani kesib o‘tgach, o‘tish joyi tezda yopilgan
Dunyo
2023-10-21
653
G‘azo sektori uchun birinchi gumanitar yordam yuk mashinalari Rafah nazorat punkti orqali kirib kelishni boshladi, deb xabar berilmoqda.
Yuk mashinalarida asosan dori-darmon va kichik oziq-ovqat zaxiralari olib kirilgan.
Biroq, ma’lumotlariga ko‘ra, 20 ta yuk mashinasi G‘azo chegarasini kesib o‘tishi bilanoq, o‘tish joyi tezda yopilgan.
Bundan oldinroq, Misr rasmiylari Rafah chegara punkti ochiqligi, ammo Isroil mintaqaga gumanitar yordam olib kirishiga ruxsat bermayotganini e’lon qilgandi.
“G‘arb ommaviy axborot vositalari deportatsiya ssenariysini qo‘llab-quvvatlamoqda. Isroil chegara punktini 4 marta o‘qqa tutgan va yordamning kiritilishini to‘sayotganiga qaramay, Misrni chegara punktini yopishda ayblamoqda”, - degandi Misr Tashqi Ishlar vazirligi.


