UzAuto Motors kompaniyasi mish-mishlarni rad etdi
30-oktyabrdan Chevrolet avtomobillariga shartnoma berish boshlanishi haqida gap tarqalgandi
Jamiyat
2023-10-30
30-oktyabr kuni ertalabdan UzAuto Motors dilerlik markazlarida katta navbatlar yuzaga kelgan.
Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berilmoqda.
Bunga sabab, avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlar tarqalishi bo'lgan.
"Hurmatli mijozlar, Chevrolet avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlangani haqidagi ma'lumotlarni faqat rasmiy kanallardan oling!" - deb murojaat qildi UzAuto Motors


