Ukrainaning davlat qarzi 151 mlrd dollardan oshdi

Ukrainaning davlat qarzi 151 mlrd dollardan oshdi

Ukrainaning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2024-yil aprel oyida 86,17 milliard grivnaga yoki 0,47 milliard dollarga (ekvivalentda) oshdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.

Dunyo

2024-05-28

569

30-aprel holatiga ko‘ra, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz 6 010,42 milliard grivnani yoki 151,52 milliard dollarni tashkil qilgan.

Ular orasida:

  • tashqi davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz 4 298,92 milliard grivna (umumiy summaning 71,52 foizi) yoki 108,37 milliard dollar;

  • ichki davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz 1 711,5 milliard grivna (umumiy summaning 28,48 foizi) yoki 43,14 milliard dollar.

Ta’kidlanishicha, Ukrainaning davlat qarzi 5 699,54 milliard grivnani (143,68 mlrd dollar) tashkil etgan, shu jumladan, tashqi qarz 4 056,06 milliard grivna (102,25 mlrd dollar), ichki qarz 1 643,48 milliard grivna (41,43 mlrd dollar). Davlat tomonidan kafolatlangan qarz esa 7,84 milliard dollarni tashkil etdi: tashqi 6,12 milliard va ichki 1,71 milliard dollar.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.