Turkiya va O'zbekiston transport vazirlari uchrashishdi
Yo‘l va ko‘prik qurilishida hamkorlikni rivojlantirish haqida so'z yuritildi
Siyosat
2023-10-04
Qozog‘istonning Ostona shahrida o'tayotgan IV Xalqaro transport-logistika biznes-forumi doirasida Transport vaziri Ilхom Maxkamov Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir O‘ralo‘g‘li bilan uchrashdi.
Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar avtomobil transportida yuk tashuvlarida elektron ruxsatnomalar tizimi joriy etilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, yo‘l va ko‘prik qurilishi sohalaridagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Ilxom Maxkamov turkiyalik hamkasbini 1 va 2 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT birinchi transport forumi hamda IHT transport vazirlarining 12-yig‘ilishiga taklif qildi.


