Toshkentda birinchi xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo'lib o'tmoqda
Tadbirda 24 mamlakatdan 250 nafardan ortiq delegatlar ishtirok etishmoqda
Dunyo
2023-10-04
Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Cyber Security Central Eurasia 2023” I-Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti boʻlib oʻtmoqda.
“Dialogue Events” kompaniyasi Cyberpark va “Kiberxavfsizlik markazi” bilan hamkorlikda ushbu sammitni tashkillashtirdi.
Sammitda mmon, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya, Yaponiya, Turkmaniston, Qozog'iston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning tartibga soluvchi organlari va xalqaro tashkilotlar - Xalqaro elektraloqa ittifoqi, FIRST, OIC-CERT ishtirok etmoqda.


