Toshkentda “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz” filiali ochiladi
Toshkentda “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz” filiali ochiladi
Dunyo
2023-10-06
357
Markaz rahbari Moskvada O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya bilan muloqot qildi.
"Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz" ilmiy muassasasi ilmiy ishining asosiy yo'nalishlari inson genetikasi va tibbiy genetika bo'yicha fundamental ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan inson genomini molekulyar, biokimyoviy, hujayra va organizm darajasida tarkibiy va funksional tahlil qilish kabi muammolar, irsiy kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi va patogenezi, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash, odamlardagi mutatsiya jarayoni, atrof-muhitning texnogen ifloslanishi tufayli odam populyatsiyalari genofondining o'zgarishi kabi sohalarda ish olib boradi.
Tibbiy genetik ilmiy-tadqiqot markazi genetik mutaxassis siafatida bepul maslahatlar beradi va irsiy kasalliklarni aniqlash uchun keng ko'lamli tadqiqotlar o'tkazadi. Markazda irsiy kasalliklarni aniqlashning yangi usullari doimiy ravishda ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.


