Toshkent-Markaziy vokzali o'z faoliyatini qayta boshladi
To‘qimachi bekatida modernizatsiya ishlari bo'lgani bois, bir oy davomida vokzaldan foydalanilmadi
Jamiyat
2023-10-12
658
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berishicha, 16-oktabr sanasidan boshlab Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini avvalgi jadval bo‘yicha boshlaydi.
15-sentyabridan 15-oktyabrgacha To‘qimachi bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanib kelyabti.
Endilikda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar esa 16-oktyabrdan Toshkent-Janubiy vokzalidan qatnovlarni amalga oshiradi.


