Toshkent Botanika bog‘ining nufuzi hamda muhofazasiga yanada ko‘proq e’tibor qaratish kerak

Toshkent Botanika bog‘ining nufuzi hamda muhofazasiga yanada ko‘proq e’tibor qaratish kerak

Dunyo

2023-10-07

562

Ekologik partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi nomidan Hukumatga deputatlik so‘rovi yubordi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent Botanika bog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari” davlat muassasasi balansiga o‘tkazilishi belgilangan.

“O‘zbekiston Respublikasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i noyob ilmiy-unikal obyekt hisoblanadi.

Shu sababli, Botanika bog‘ini Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish hamda Botanika bog‘iga Milliy bog‘ maqomini berish orqali uning nufuzini va muhofazasini kuchaytirish kerak deb hisoblaymiz” deyiladi partiya xabarida.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.