Senatda “Ona tilim – faxrim”  nomli adabiy kecha o‘tkazildi

Senatda “Ona tilim – faxrim”  nomli adabiy kecha o‘tkazildi

Qonunchilik

2023-10-20

489

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan  “Ona tilim – faxrim”  nomli adabiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida maktab jamoasi va o‘quvchilari parlament faoliyati, xususan, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoni bilan yaqindan tanishdi hamda senatorlar bilan o‘tgan jonli muloqot natijasida siyosiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.

Unda o‘zbek tiliga oid ilmiy izlanishlar, lug‘atlar yaratish, xorijiy tillarning tilimizga va aksincha, o‘zbek tilining o‘zga tillarga ta’siri haqida so‘z yuritildi. So‘nggi yillarda o‘zbek tili va adabiyotini taraqqiy ettirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

O‘z navbatida, o‘quvchilar tomonidan mavzuga oid badiiy dastur namoyish qilindi. Ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, hikmatli so‘zlar va qo‘shiqlar ijro etildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir davomida drama to‘garagi a’zolari ham o‘zlari tomonidan tayyorlangan “Qasamyod” spektaklini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi. Ushbu spektaklda XX asr boshlarida o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan jadidlar obrazi gavdalantirildi hamda bunda o‘quvchilarning o‘z rollarini mohirona ijro etishi tomoshabinlar qalbida jadidlarga nisbatan muhabbat va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Qiziqarli muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.