Sandro Tonali 10 oyga futboldan chetlashtirildi

Sandro Tonali 10 oyga futboldan chetlashtirildi

Futbolchi Italiya chempionati o'yinlariga pul tikkan

Sport

2023-10-26

Angliyaning “Nyukasl” klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonali o‘yinlarga pul tikgani uchun 10 oyga diskvalifikatsiya qilindi.

Xabarlarga ko'ra, italiyalik yarim himoyachi "Milan"da o'ynaganida ushbu klub o'yinlariga pul tikgan.

U hozirda 3 million yevro qarzi borligini tan oldi. Kreditorlar futbolchining oyoqlarini sindirishini vada qilib, unga tahdid qilishganini ham aytdi.

Diskvalifikatsiya tufayli italiyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi mavsumining qolgan qismini, shuningdek, agar Italiya terma jamoasi saralashdan o‘ta olsa, 2024-yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Kelgusi sakkiz oy ichida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bilan kelishuv doirasida Tonali davolanishi va tajribasi haqida bir qator suhbatlar o‘tkazishi kerak bo'ladi.

Futbolchining advokati aytishicha, uning mijozi "Ludomaniya" yoki Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ta'rifiga ko'ra "qimor o'yinlariga ruju qo'yish"dan aziyat chekadi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.