Rossiyada migrantlar bo‘yicha yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

Rossiyada migrantlar bo‘yicha yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

Unga ko‘ra migrantlarning kasalxona, dorixona, maktab va taksida ishlashi taqiqlanishi ko‘zda tutilgan

Dunyo

2023-10-10

475

Xabar berilishicha, Rossiya Davlat dumasiga migrantlarning dorixona, kasalxona, maktablar hamda taksida ishlashni taqiqlovchi qonun loyihasi taqdim etildi.

Loyiha tashabbuskorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar malakasiz xorijiy ishchilar sonining ko‘payishiga salbiy munosabat bildirishmoqda.

Loyihaga ko‘ra, iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushini 5 foizgacha cheklash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, muhojirlarni "nozik ijtimoiy sohalarga" jalb qilishni to‘liq taqiqlash rejalashtirilmoqda. 

Deputatlar bunday "nozik sohalar"ni tibbiyot muassasalari va maktablarda ishlash deb atashdi.

Shuningdek, taksi va yuk tashishlardagi ishlar ham alohida qayd etilgan. Bunga sabab, muhojirlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari, shu jumladan, o‘lim holatlari ko‘payganligi aytilmoqda.

"Qonun loyihasining amalga oshirilishi iqtisodiyotning ushbu tarmoqlarida migrantlar sonining ko‘payishini to‘xtatish, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini qo‘shimcha ish bilan ta’minlash imkonini beradi", - deyiladi tushuntirish xatida.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.