Qozog’istonning Qarag'anda viloyatidagi Kostenko konida portlash sodir bo'ldi
Dunyo
2023-10-28
Voqea sodir bo'lgan vaqtda konda 252 kishi bo'lgan, 205 konchi yer yuzasiga chiqarib olingan.
Qazish ishlari bilan shug’ullanuvchi kompaniyaning bayonotiga ko'ra, holat metan gazining portlashi natijasida sodir bo'lgan deb taxmin qilinmoqda.
Qozog’iston prezidenti Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida halok bo‘lgan konchilarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi, shuningdek, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Hukumatga konchilar oilalariga barcha zarur yordam ko‘rsatishni topshirildi. Voqea sabablarini aniqlash uchun hukumat komissiyasi tuzildi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra 252 kishidan 205 nafari yer yuzasiga chiqarilgan, ulardan 18 nafariga tibbiy yordam ko’rsatilgan. 16 nafar konchi esa hayot belgilarisiz topildi, 31 nafar konchini qidirish ishlari davom etmoqda.


