"Qarshi tumanidagi sharoit menga ma’qul emas. Bu yerda yangi shifoxona quramiz," - Mirziyoyev

"Qarshi tumanidagi sharoit menga ma’qul emas. Bu yerda yangi shifoxona quramiz," - Mirziyoyev

Prezident rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi

Jamiyat

2023-10-24

5 234

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari tarzda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari tibbiy bo‘limlar va xonalarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerga kelgan bemorlar bilan suhbatlashdi.

"Yo‘ldan o‘tib ketayotib, shifoxona qanday ekan, deb kirdim. Avval ham aytganimdek, ta’lim bilan tibbiyot sifatli bo‘lsa, odamlar rozi bo‘ladi. Ko‘p joylarda shifoxonalarni yaxshi qildik. Lekin Qarshi tumanidagi sharoit menga ma’qul emas. Bugun ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, ushbu tibbiyot birlashmasi binosi o‘tgan asrning 60-70-yillarida qurilgan. Shifoxona 228 bemor o‘rniga va poliklinika 250 qatnovga mo‘ljallangan.

Hozirda tumandagi 243 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu yerdagi sharoitlar shuncha qamrovga va zamon talabiga mos emas. Ayrim jihozlarni yangilashga zarurat bor.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.