Prezident Pekinga yetib bordi
Davlat rahbariga Ziroat Mirziyoyeva xamrohlik qilmoqda
Jamiyat
2023-10-17
493
Si Szinpinning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Pekin shahriga keldi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
“Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
17-18 oktyabr kunlari davlat rahbari XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yetakchisi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.


