Prezident MDH sammitida ishtirok etish uchun Bishkekga yetib keldi

Prezident MDH sammitida ishtirok etish uchun Bishkekga yetib keldi

Davlat rahbari birinchi bo‘lib Belarus prezidenti Lukashenko bilan uchrashdi

Jamiyat

2023-10-13

589

13 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida qatnashish uchun Bishkek shahriga keldi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

“Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Tashrif doirasida Prezident birinchi bo‘lib Belarus Respublikasi rahbari Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi. Shuningdek, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Belarus universitetlari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish haqida so‘z yuritildi.


Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.