Poytaxt markazidagi asosiy ko'chalarning tirbandligi borasida rasmiy izoh berildi

Poytaxt markazidagi asosiy ko'chalarning tirbandligi borasida rasmiy izoh berildi

Transport vazirligi aytishicha, bunga sabab asosiy ko'chalardagi qurilish ta'mirlash ishlari bo'lgan

Jamiyat

2023-10-24

529

23-oktyabr kuni Toshkent shahrining bir nechta asosiy ko‘chalarida katta tirbandliklar sodir bo'ldi.

Transport vazirligi vaziyat bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

Xabar berilishicha, bir nechta asosiy ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari avtotransportlarning qayta taqsimlanishiga olib kelgan. 

Bu o'z navbatida boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklama hosil qilgan. 

Natijada shahardagi barcha ko‘chalarda transport vositalari harakat tezligi pasaygan. 

Xususan, Alisher Navoiy, Labzak, Sag‘bon, Saqichmon, Mehrjon, Kichik halqa yo‘li, 8-mart, Shota Rustaveli, Bobur, Oybek, Arnasoy, Istiqbol, Muqimiy-Nukus hamda Nurafshon aylanma ko‘chalari orqali harakatlanuvchi 70 dan ortiq avtobuslar oraliq vaqt intervallariga rioya eta olmagan.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.