Parlament komissiyasi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash vakolatiga ega bo‘ldi
Parlament komissiyasi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash vakolatiga ega bo‘ldi
Jamiyat
2024-08-27
Bu haqda “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilanadi.
26-avgustda imzolangan hujjat bilan Oliy Majlis, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy kengashlar huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarini qo‘shib yuborish va ularning negizida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi alohida bo‘linmalarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolaridan iborat bo‘lgan parlament palatalari vakillari har yili navbatma-navbat raislik qiladigan Parlament komissiyasini tuziladi, uning faoliyatiga manfaatdor vazirlik va idoralar hamda faol jamoatchilik vakillarini jalb etiladi.
Farmonga muvofiq, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash vakolatini Parlament komissiyasiga o‘tkaziladi.
Fond faoliyatini tashkil etish tartibi va uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilanadi.


