“O‘zgidromet” kuchli yomg‘ir yog‘ishi, hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” kuchli yomg‘ir yog‘ishi, hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 3—6-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Jamiyat

2024-05-01

548

Ogohlantirish amal qiladigan hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;

  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;

  • Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;

  • Navoiy viloyati  Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;

  • Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;

  • Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;

  • Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;

  • Farg‘ona viloyati So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududi;

  • Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.a.

Qayd etilishicha, respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.