O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi xizmat vazifasiga kirishdi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi xizmat vazifasiga kirishdi

Siyosat

2023-10-27

Yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchi Baxtiyor Ibragimov Avstriya poytaxtiga yetib keldi.

Baxtiyor Ibragimov Venaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017–2023 yillar), lavozimida ishlagan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.

Ibragimov 1992 yildan buyon TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSH va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

U Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.

Baxtiyor Ibragimov 2020-2023 yillarda Venada elchi bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev o‘rniga tayinlandi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.