O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mlik shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi
O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mlik shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi
“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin bo'ladi
Dunyo
2023-10-06
589
18-19-noyabr kunlari O‘zbekistonda III “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi, deya Zakovat intellektual klubi xabar bermoqda.
Turnir sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mni tashkil etishi aytilgan.
"Hurmatli, shaxmat ixlosmandlari! Ushbu yirik shaxmat musobaqasi ishtirokchisiga aylaning va nafaqat o‘z kuchingizni sinash, balki professionallardan master-klass olish hamda xalqaro grossmeysterlar bilan shaxmat seanslarida bellashish imkoniyatini qo‘lga kiriting!" - deyiladi klub xabarida.
Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovat.tv veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkinligi aytilgan.


