O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ochiqlandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Dunyo
2024-05-29
484
Qayd etilishicha, jami ishlayotgan talabalar soni 114 135 nafarni tashkil qiladi.
Ular:
davlat tashkilotlarida — 62 754 nafar (55 foiz);
xususiy sub’yektlarda — 47 469 nafar (41,6 foiz);
ikkala sektorda — 3 912 nafar (3,4 foiz).
Jins bo‘yicha:
erkak — 66 825 nafar (58,5 foiz);
ayol — 47 310 nafar (41,5 foiz).
Bu borada Toshkentda o‘qiyotgan talabalar peshqadam — 35 988 nafar (31,5 foiz);
erkaklar — 25 380 nafar (22,2 foiz);
ayollar — 10 608 nafar (9,3 foiz).


