Kostenko shaxtasida so'nggi konchining jasadi topildi

Kostenko shaxtasida so'nggi konchining jasadi topildi

Kostenko konida halok bo'lgan 46 nafar konchining barchasi topildi

Dunyo

2023-10-30

Marhum konchi Sergey Kiselyovning yaqinlari uning jasadi 30-oktyabr kuni ertalab topilganini ma’lum qildi.

Sergey Kiselyov Kostenko konida sodir bo'lgan baxtsiz oqibatida halok bo'lgan konchilarning oxirgisi edi.

"Otamizni oxirgi bo'lib topishdi. U 35 yildan ortiq konchi bo'lib ishlagan", - deydi Sergey Kiselyovning farzandlari.

Jasadi topilmay qolgan so'nggi konchini qidirish ishlari tun bo'yi davom etgan. 

FVV va Qarag‘anda viloyati hokimligi matbuot xizmatlari hozircha oxirgi topilgan konchi haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlashmagan.

Voqea joyida maxsus komissiya ishlamoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Sirim Sharipxanov rahbarligida tezkor shtab tashkil etilgan.

Avvalroq Qozog’istonning Qarag'anda viloyatidagi Kostenko konida portlash sodir bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.