Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

Qonunchilik

2024-01-15

120

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-895-son, 12.01.2024 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10-yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta-5 yilga, ikkinchi marta 10-yilga saylangan).

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.