Kimdir sizning pasportingizdan foydalanib, telefonni IMEI ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi
Kimdir sizning pasportingizdan foydalanib, telefonni IMEI ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi
Dunyo
2024-01-27
Toshkent shahrida "ICT Week Uzbekistan – 2023" — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi davom etmoqda.
IT haftaligidagi yana bir yangilik shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Endi telefonlarni UzIMEI tizimida ro‘yxatga olishda onlayn tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilinadi
➖endilikda jismoniy shaxslar xorijdan o‘zi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilma (telefon)ni bojxona to‘lovlarisiz ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Bungacha bitta telefonni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgan edi;
➖telefonlarni UzIMEI tizimida ro‘yxatga olishda masofadan turib (onlayn) shaxsni biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilish joriy etildi;
➖O‘zbekistonga xizmat safari yoki turizm uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar mobil qurilmalaridan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanish davri amaldagi 30 kalendar kunidan 60 kalendar kunigacha uzaytirildi.


