Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchradi
Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchradi
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ushbu holat bo‘yicha munosabatini bildirdi.
Dunyo
2023-10-13
752
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchraganligi borasidagi vaziyat yuzasidan
MUNOSABATI
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan Jizzaxga o‘ziga tegishli bo‘lgan 60 tonna chigitni olib chiqishda taqiqqa uchraganligi borasidagi xabarlar tarqaldi. Tadbirkorning ma'lum qilishicha, chigit yuklangan yuk mashinasi viloyat hokimligining og‘zaki buyrug‘i bilan 5 kundan beri «Umakay» YPX maskanida ushlab turilibdi.
Ushbu hodisa partiyamiz faollari va deputatlarimiz tomonidan qo‘shimcha ravishda o‘rganilmoqda.
Ayni paytda masalaning dolzarbligidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mazkur vaziyatga o‘z rasmiy munosabatini bildirishni lozim deb biladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 67-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanishi aniq belgilab qo‘yilgan.
Shunday ekan, Konstitusiya va qonunlarga asoslanmasdan na ichki ishlar xodimlarining, na hokimiyat vakillarining tovarlarning erkin harakatlanishini cheklashga hech qanday vakolati yo‘q.
Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimiyatiga tegishli deputatlik so‘rovlari yuborildi.


