Isroil tanki G'azo sektorida fuqarolari bor mashinaga qarata o‘q uzdi
Natijada 3 nafar tinch aholi halok bo'ldi
Dunyo
2023-10-30
Isroil tankining tinch aholini olib ketayotgan mashinaga o'q uzishi oqibatida 3 kishi halok bo'ldi.
Voqea G'azoda sodir bo'lgan deb taxmin qilinmoqda. Avtomobil kimga tegishli bo'lganligi noma'lum.
Video falastinlik jurnalistlar tomonidan suratga olingan va Germaniyaning Bild jurnali tomonidan nashr etilgan.
Shuningdek, Agence France-Presse xabar berishicha, 30 oktyabr kuni Isroil mudofaa armiyasining tanklari G'azo yaqinida kuzatilgan.
Bundan tashqari, Isroil armiyasi anklavda asta-sekin harakatlanib, quruqlikdagi operatsiyani kengaytirayotgani aytilgan.
"Biz asta-sekin olg'a bormoqdamiz, hujumkor harakatlar urush bosqichlari va uning maqsadlariga qarab kuchayadi", - dedi SAXAL vakili Daniel Xagari.


