G'azoga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasi kirib keldi

G'azoga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasi kirib keldi

Biroq, BMT aytishicha, aholi ehtiyojlarini qondirish uchun kuniga 100 ga yaqin yuk mashinasi kerak bo'ladi

Dunyo

2023-10-23

511

Gumanitar yuk mashinalarining ikkinchi karvoni Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat punkti orqali G‘azo sektoriga yetib keldi, deb xabar berilmoqda.

22-oktyabr kuni sektorga dori-darmon, oziq-ovqat va yoqilg‘i olib ketayotgan jami 17 ta yuk mashinasi kirib kelgan. Bir kun oldin birinchi partiyada 20 ta mashina olib kirilgan edi.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azoning ehtiyojlarini qondirish uchun kuniga 100 ga yaqin yuk mashinasi kerak bo‘ladi.

Xabarlarga ko'ra, Qatar 87 tonna oziq-ovqat va dori-darmon bilan ikkita samolyot yuborgan.

Avvalroq, Qohirada Falastin-Isroil muhokamasi sammitida ishtirok etayotgan davlat rahbarlari G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Bu haqda Misr prezidentining rasmiy vakili Ahmad Fahmiy xabar bergandi.

21-oktyabr kuni G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishi uchun Rafah nazorat-o‘tkazish punkti ochilgandi. 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish gumanitar yordam yetkazilishini shaxsan kuzatish uchun nazorat-o‘tkazish punktiga kelgandi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.