Farg‘onada tuman prokurori o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada tuman prokurori o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokuror o‘rinbosari fuqarodan aldov yo‘li bilan pul olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Jamiyat

2024-05-01

699

27-aprel kuni soat 18:30 larda Farg‘ona viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Qo‘shtepa tumani prokuror o‘rinbosari tanishlari orqali sudning ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan jazo qo‘llanilishida yengillik qilib berishni aytib, aldov yo‘li bilan ishonchni suiiste’mol qilib, kelishilgan 2 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.


Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211 (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.