Endi raqamni saqlab qolgan holda SIM-kartani o‘zgartirish mumkin
“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” haftaligida fuqarolar uchun qulaylik yaratilgani aytildi
Jamiyat
2023-10-27
Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) ishga tushirildi.
Bu haqda “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023"da ma’lum qilindi.
Ushbu xizmatning qulayligi shundaki, abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashi mumkin.
Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga ko‘chganda o‘z abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi.
Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni hohlagan mobil aloqa operatori ofisiga kelib murojaat etadi hamda mobil raqami ko‘chirilgan yangi SIM-kartani olib ketadi.
Kelgusida masofadan turib, onlayn tarzda my.gov.uz orqali abonent raqamini ko‘chirishga ariza yuborish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.


