Endi o‘ta xavfli retsidivistlarga jazo yengillashtirilmaydi

Endi o‘ta xavfli retsidivistlarga jazo yengillashtirilmaydi

Bir jinoyatga takroran qo‘l uruvchi o‘ta xavfli shaxslarga yengil jazo qo‘llanilmasligini ta’minlaydigan qonun korib chiqilmoqda

Qonunchilik

2023-10-16

624

Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar beradi Uznews.

Loyihaga ko‘ra, retsidivizm jinoyatning eng xavfli turlaridan biri hisoblanishi, o‘ta xavfli retsidivist (ilgari sudlanib, aynan shunday yoki o‘xshash jinoyat sodir etgan shaxs) maqomiga ega shaxslar o‘zgaruvchan va ayniqsa voyaga etmagan shaxslarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.

Shuni inobatga olib qonun bilan Jinoyat kodeksida belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki boshqa yengilroq turdagi jazoni o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan tayinlashga taqiq belgilanmoqda.

JKning 57-moddasiga (yengilroq jazo tayinlash) 4-band qo‘shilib, unga ko‘ra moddada keltirilgan qoidalar o‘ta xavfli retsidivistlarga qo‘llanilmasligi ko‘zda tutilgan.

"Qonun loyihasining muhokamasi jarayoni 27 oktyabrga qadar davom etadi," - deyiladi xabarda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.