Berlinda o‘rta maktab o‘quvchisi Falastin bayrog‘i uchun o‘qituvchi bilan mushtlashib ketdi
Berlinda o‘rta maktab o‘quvchisi Falastin bayrog‘i uchun o‘qituvchi bilan mushtlashib ketdi
O‘quvchi maktabga Falastin bayrog‘iga o‘ralgan holda kelgan
Dunyo
2023-10-10
784
Xabar berilishicha, Germaniya huquq-tartibot idoralari 14 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi Noykyolndagi maktab hududiga Falastin bayrog‘iga o‘ralgan holda kelganini ta'kidlashmoqda.
“O‘qituvchi undan bayroqni olib tashlashni so‘raganida, talaba rad javobini bergan”, — deyiladi politsiya xabarida.
Shunda yana bir 15 yoshli o'smir yigit do'stining yonini oladi. U bilan o‘qituvchi o‘rtasida og‘zaki janjal boshlanib, keyinchalik mushtlashuvga aylanib ketadi.
Bundan bir kun avval Germaniya kansleri Olaf Shols Germaniya Isroil davlat muassasalari, shuningdek, yahudiylarning madaniy va diniy tashkilotlari xavfsizligini kuchaytirish niyatida ekanini aytdi. Germaniya hukumati rahbari XAMAS harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashayotganlarni qoraladi.


